Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorning katta qismida elektr o‘chiriladi

Chilonzorning katta qismida elektr o‘chiriladi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 12 yanvar kuni 12:00 dan 18:00 gacha Chilonzor tumaning katta qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilishi e’lon qilindi.

Vaqtinchalik chora uzoq vaqt davomida foydalanishda bo‘lgan elektr ta’minoti kabellarini, transformatorlarni modernizatsiya qilish hamda shu orqali iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgani aytiladi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanidagi - ATS-277, 126, 127, «Novza», «Oriyent Finans Bank» Chilonzor filiali hamda «O‘zsanoatqurilishbank» banki, «Rohat» mehmonxonasi, «Uzenergosozlash» UK, «Sezam» radiokanali, «Minor» kinostudiyasi, Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi, «Inter Kapital» QK, «Navbahor Sanoat» MChJ, Geodeziya va kartoggrafiya milliy markazi, Bozor islohotlari instituti, Bolalar poliklinikasi, Gofur Gulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i,  Chilonzor tibbiyot kolleji, Toshkent tibbiy diognostika markazi, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi, Nafis San’at litseyi, Chilonzor tuman hokimligi, Musiqiy komediya teatri (operetta), Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi hamda  «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ, shuningdek, Chilonzor C mavzesi, 3-6-mavzelar, «Gavhar», «Dombirobod», «Katta Dombirobod», «Naqqoshlik», «Qozirobod», «3-Katta Chilonzor» hamda «Katta Navbahor»  MFYlarining ko‘chalari vaqtinchalik elektr ta’minotidan uziladi.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring