Chinozliklar uchun qulay xizmat ishga tushdi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida navbatdagi Davlat xizmatlari markazi shoxobchasi ochildi.
Tuman markazidan 25 kilometr uzoqlikdagi «Tong yulduzi» mahalla fuqarolar yig‘inidagi DXM shoxobchasi «Obod mahalla» davlat dasturi doirasida qurilib, foydalanishga topshirildi.
Endi «Tong yulduzi» MFY hududida yashovchi 228 ta oila tuman markaziga qatnab yurmaydi. Tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari shu yerning o‘zida ko‘rsatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter