Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq daryosi bo‘yidagi yerlar sotila boshladi

Chirchiq daryosi bo‘yidagi yerlar sotila boshladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yilning iyun oyida «Daryo bo‘yi Business City» loyihasi taqdim qilingandi.

Poytaxt hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu loyiha Chirchiq daryosi o‘zanini toraytirish va bo‘shagan hududda turli infratuzilma ob’yektlarini qurishni ko‘zda tutadi.

«Daryo bo‘yi Business City» direksiyasi ma’lum qilishicha, ayni paytda uchastkalarni tayyorlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ilk 9 ta lot https://e-auksion.uz portali orqali sotuvga qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, Chirchiq daryosi bo‘ylab Toshkentdan oqib o‘tuvchi daryo qismining uzunligi 16 kilometrni tashkil qiladi. Auksion orqali sotuvga daryo o‘zanining birinchi besh kilometri bo‘ylab yer maydonlari tayyorlangan.

Auksionga qo‘yilgan yer maydonlarida savdo markazlari, logistik korxonalar, restoran va kafelar, yengil sanoat korxonalarini qurish taklif qilinmoqda. Sotuv uchun taklif qilingan lotlarda turar joy qurish ko‘zda tutilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring