Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Chiyali shifoxonasida chaqaloqlar muzlamoqda» xabariga munosabat bildirildi

«Chiyali shifoxonasida chaqaloqlar muzlamoqda» xabariga munosabat bildirildi

Videodan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda «Chiyali shifoxonasida chaqaloqlar muzlamoqda» degan xabarlar tarqaldi.

Videodan skrinshot

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari holatni o‘rgangan.

«Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Chiyali bo‘linmasi, ya’ni qishloq uchastka shifoxonasida 2022-yil 11-dekabr kuni soat 03:30 da elektr energiyasida uzilish kuzatilgan. Ammo issiqlik ta’minotida uzilish bo‘lmagan.

Shifoxonada 4 kun avval jami 7 nafar ayol farzandli bo‘lgan, 11-dekabr soat 12:00 da ularning 6 nafariga uyiga javob berilgan. 1 nafar ayol chaqalog‘i bilan Ko‘kdala tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga ko‘chirilgan. Hozirda ona va bolalarning salomatligi yaxshi, shifokorlar nazoratiga olingan», deyiladi Qashqadaryo viloyati SSB axborot xizmati bergan xabarda.

Aytilishicha, shifoxonada elektr ta’minoti tiklanib, qo‘shimcha elektr generatori bilan ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring