Chorvoq atrofidagi yerlarda chorva mollarini boqish taqiqlanadi
Hukumatning yangi e’lon qilingan tegishli qarori bilan, Chorvoq suv ombori hududida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirilishi belgilandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Xususan, 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-innovatsion dastur hamda yovvoyi tabiatni asrashga qaratilgan kompleks chora-tadbir dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
- Chorvoq hududida ilmiy-innovatsion tadqiqotlar boshlanmoqda. Davlat loyihalar uchun grantlar ajratadi;
- Chorvoq atroflaridagi o‘rmon xo‘jaligi yerlarida chorva mollari boqish ta’qiqlanmoqda;
- Qishloq xo‘jaligi yerlari o‘rmon xo‘jaligi yerlari toifasiga o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter