Chorvoq suv omboridagi chiqindi — FVV munosabat bildirdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chorvoq suv omborining kichik qismida chiqindi yig‘ilgani aks etgan videotasvirga munosabat bildirdi.
Vaziyat sinchkovlik bilan o‘rganildi, bu asosan daraxtlar, novdalar va o‘simliklarning boshqa qismlari ekani aniqlandi, deyiladi xabarda. Bu massa tabiiy ravishda Chorvoq suv omboriga quyiluvchi Pskom daryosi orqali tushgan. Kechagi kuchli yomg‘ir paytida yuqorida aytib o‘tilgan daryoga sel tushgan va bu tabiiy chiqindini olib kelgan.
Ekologlarning fikriga ko‘ra, bu keng tarqalgan tabiiy hodisa hisoblanadi. Tegishli xizmatlar darhol kelib, suv omborini chiqindidan tozalagani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter