Siganlar gipnozi nima uchun xavfli?
Ko‘pchilik siganlar gipnozi haqida eshitgan bo‘lsa kerak. U deyarli hammaga ta’sir qiladi, shu boisdan ham nihoyatda xatarli. Siganlar gipnozi qanday ta’sir ko‘rsatishi va nima uchun undan uzoqroq yurish kerakligi haqida «Rambler» quyidagilarni ma’lum qiladi.
Siganlar gipnozi neyrolingvistik dasturlashga o‘xshaydi. Uning hech qanday sirli jihati yo‘q, ya’ni sehrli va jumboqli emas. Siganlar odamlarga psixologiya orqali ta’sir o‘tkazishadi. Natijada gipnozchi odamning diqqat-e’tiborini jalb etib, uning boshqaruvini qo‘lga oladi. Siganlar gipnozining texnikasi aynan shunga asoslanadi. Birinchi navbatda, ular tashqi e’tiborni ichki e’tiborga o‘tkazishga urinadi.
Siganlar trans fenomenidan yaxshi xabardor, shu bois ular olisdan ham «o‘lja»sini topishi, uni es-hushidan ayirib, transga tushirishi mumkin. Ular odamning kayfiyatsiz ekanini payqab, battar tushkun holatga tushirishadi.
Ta’kidlash joizki, siganlar duch kelgan odamga yaqinlashmaydi. Tajriba va ichki sezish qobiliyati tufayli ular odamlar orasidan gipnozga moyilligi borlarni ajrata olishadi.
Odatda gipnoz seansi odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda amalga oshiriladi. Aynan shunday yerlarda odamlarning diqqat-e’tibori tarqoq bo‘ladi: shunda uning diqqatini bir joyga jamlash oson kechadi. Odatda ular bozor va do‘konlar, vokzal, metro yoki savdo markazlari maydonlarida izg‘ib yurishadi. Buning ham ma’nisi bor: bunday joylarga odamlar pul bilan kelishi aniq, yana ular ko‘pchilik orasida diqqatini jamlashga qiynaladi. Ayniqsa, siganlar gipnozni bozor aylanishni yoqtiruvchi ayollarga qaratishadi. Negaki psixologik disbalans holatidagi odamni jalb qilish yanada oson.
Siganlar gipnozi san’ati avloddan avlodga o‘tib keladi. Ularning har biri — o‘z ishining ustasi, odamning har qanday mimikasi va xatti-harakatini sezadigan psixolog. Aynan shu bois siganlar gipnoziga duchor bo‘lish nihoyatda xavfli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter