Dam olish kunlari harorat biroz ko‘tariladi
O‘zbekiston bo‘yicha 24-26 noyabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim qilindi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi harorat 15-18 darajagacha ko‘tariladi, shanba kuniga kelib 17-20° gacha, yakshanba kuni esa 20-23° gacha isiydi. Harorat kechasi 5-10° iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,bugun kunduzi ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Poytaxtimizda 4-26 noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 7-9° iliq, kunduzi 25 noyabrda 16-18°, 26 noyabrda 19-21° atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter