Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi – O‘zgidromet

Dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi – O‘zgidromet

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida juda issiq ob-havo bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, kechagi kundan boshlab havo harorati kunduzi 39-41 darajagacha, respublikaning cho‘l hududlarida va janubda 43-45 darajagacha ko‘tarildi.

Bugun, 4-iyul kuni termometr ustuni 41-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-46 darajagacha yanada ko‘tarildi.

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha harorat 34-39 darajagacha pasayishi seziladi.

Dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish biroz bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat kunduzi 38-41 daraja atrofida, janubda 42-44 darajagacha bo‘ladi.

O‘zbekistonda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 5-iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 6-iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 4-5 iyulda 40-43 daraja, 6 iyulda 39-41 daraja bo‘ladi.

 

Manba: gov.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring