«Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-avgustdan:
- xizmat avtotransport vositalari respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning o‘rinbosarlariga;
- respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlar va ularning hududiy bo‘linmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi.
Shuningdek, respublika davlat boshqaruvi organlarida autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransportlar xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlarni ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.
2021-yil 1-avgustga qadar ularning tegishli ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlanadi hamda buning uchun to‘lov undirilmaydi.
2021-yil 1-avgustdan esa yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter