Davlat soliq qo‘mitasi aholi murojaatlarini tinglash uchun «1198» qisqa raqamini ishga tushirdi

Aholidan soliq sohasiga oid shikoyat, murojaat va takliflarni tezkor qabul qilish maqsadida «1198» qisqa raqami ishga tushirildi, deb xabar berdi qo‘mita rasmiy sayti.
Ushbu raqamga qo‘ng‘iroqlar respublikaning barcha hududlaridan amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar soliq to‘lovchilarda Davlat soliq qo‘mitasining 244-98-98 raqamli hamda hududiy davlat soliq xizmati organlarida o‘rnatilgan «Ishonch telefoni» raqamlari orqali murojaat qilish imkoni mavjud edi. Endi ular qatoriga «1198» qisqa raqami ham qo‘shildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter