Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xaridlariga oid qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Davlat xaridlariga oid qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samarqand viloyatida budjet buyurtmachilari tomonidan «dxarid.uz» va «tender.mc.uz» maxsus axborot portalida joylashtirilgan e’lonlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, buyurtmachilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda 18 ta holatda jami qiymati 50 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi.

Shundan, Samarqand viloyat hokimligi Injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida Xalq ta’limi vazirligi va Soliq qo‘mitasining quyi tizimlariga qarashli ob’yektlarda qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha «tender.mc.uz» maxsus axborot portalida umumiy qiymati 42 mlrd so‘mlik jami 9 ta tender e’lonlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirilganda, tender g‘oliblari belgilanmasdan turib, qurilish ishlari boshlab yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring