Davlat xizmatlari xodimlariga «mahorat darslari» o‘tilmoqda
Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ayni paytda agentlikning ishchi guruhi Navoiy viloyatida davlat xizmatlari markazlari xodimlari uchun «mahorat darslari»ni o‘tkazyapti.
Darslarda nafaqat mijozlarga xushmuomala bo‘lish, balki odob-axloq qoidalari ham o‘rgatilyapti, korrupsiyaga murosasiz bo‘lish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari bilan doimiy ravishda tanishib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.
Ikki bosqichda tashkil qilingan darslarning birinchi qismi ma’ruzalardan iborat, ikkinchi bosqich esa amaliy mashg‘ulotlarga bag‘ishlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter