Davlat xizmatlari uchun «Upay» orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin

Davlat xizmatlari markazlari ko‘rsatgan xizmatlar uchun endi «Upay» tizimi orqali onlayn to‘lov qilish mumkin. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Davlat xizmatlari uchun onlayn to‘lovni amalga oshirishga «Upay» tizimining quyidagi sahifasi orqali o‘tiladi.
Bizga ma’lum qilinishicha, davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarga tez orada «Payme» va «Click» tizimlari orqali ham to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter