Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari agentligi 2 yoshda: sohaga oid yangiliklar tahlil qilindi

Davlat xizmatlari agentligi 2 yoshda: sohaga oid yangiliklar tahlil qilindi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

12-dekabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi o‘zining 2 yillik faoliyatini tahlili yuzasidan matbuot anjumani uyushtirdi. 

Bugungi kunda DXMlarning soni 201 taga yetdi — Respublikamizning har bir tumanida mavjud. Ularda 120 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Aholi orasida eng ommabop xizmatlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

2017-yil davomida «Yagona darcha» markazlari orqali 120 mingdan ortiq xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, Agentlik tashkil etilganidan buyon bugungi kunga qadar 15 millionga yaqin xizmatlar taqdim etildi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Norma ijodkorligi sohasida ham talaygina ishlar qilindi:

- davlat xizmatlarini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar soni 112 tadan 52 taga qisqartirildi;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari ikki barobarga, ya’ni – 280 kundan 126 kungacha qisqartirildi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab yangi, shinam Markazlar qurilishi boshlab yuborilgan bo‘lib, butun respublika bo‘ylab 60 ga yaqin bunday binolar foydalanishga topshirildi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Markazlarning yangi binolari maxsus uslubda bezatilgan bo‘lib, qo‘shimcha qulayliklar inobatga olingan. Ular orasida onlayn-xizmatlarni olishga mo‘ljallangan ma’lumot kiosklari, zal bo‘ylab joylashtirilgan ko‘rsatkichlar, taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini baholash uchun pultlar, elektron navbat chiptalari va qulay kutish joylarini ta’kidlash mumkin.

Matbuot anjumanida sohaga doir yangiliklar va masalalar muhokama qilindi, savollarga javob berildi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring