Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari agentligi kadrlar zaxirasini shakllantirishda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik qilmoqda

Davlat xizmatlari agentligi kadrlar zaxirasini shakllantirishda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik qilmoqda

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Davlat xizmatlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik haqidagi Memorandumga ko‘ra, Yoshlar ittifoqi a’zolari bo‘lmish talabalardan iborat Targ‘ibotchilar guruhi tashkil qilindi.  Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ular Davlat xizmatlari markazlarida davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati hamda yoshlarda davlat xizmatlari sohasiga doir bilim va ma’lumotlarni oshirishga doir targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etadilar.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

«Ko‘ngillilar bilan hamkorlikdagi loyihalar bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida yo‘lga qo‘yilmoqda. Asosiy maqsad — Davlat xizmatlari markazlari xodimlari kadrlar zaxirasini shakllantirish. Xushmuomala, bilimli, madaniyatli markaz xodimlarini tarbiyalash», — deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring