Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi dunyoda eng ilg‘or tashkilot sifatida tan olindi

Bosh ofisi London shahrida joylashgan PPP Experts — davlat-xususiy sheriklik sohasidagi xalqaro tashkilot O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligini joriy yilda jahonda samarali faoliyat yuritayotgan eng ilg‘or tashkilot deb topdi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bizning mukofotlar qo‘mitasi va maslahat kengashi tomonidan 2020 yilda dunyoning eng yaxshi rivojlanayotgan DXSh bozori sifatida PPP Experts mukofotiga loyiq ko‘rildi», — deyiladi xabarda.
Mukofotlar qo‘mitasi, DXShni rivojlantirish agentligi tomonidan qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyatlarga erishganiga alohida urg‘u berdi.
Xabarda shuningdek, O‘zbekistonda DXSh yo‘nalishida yetarli huquqiy baza yaratilgani, imzolangan bitimlar, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar, investorlarning mamlakatga qiziqishining ortib borayotgani haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun: PPP Experts tashkiloti dunyodagi ko‘plab davlatlar va yirik moliya muassasalariga DXSh yo‘nalishida maslahatlar taqdim etish va tadbirlarni o‘tkazish orqali davlat va xususiy sektor hamkorligini yanada mustahkamlashga yordam beruvchi tashkilot hisoblanadi. U 50 dan ortiq sohaning eng tajribali mutaxassislarini o‘zida jamlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter