Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dehqonlarga 150 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Dehqonlarga 150 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident tomonidan 6-oktyabr kuni imzolangan qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun 150 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.

Mazkur kreditlar yillik 14 foiz (shundan 3 foizi bank marjasi) miqdorida 6 oygacha imtiyozli davr bilan belgilanib, 12 oygacha beriladi.

O‘z navbatida, ajratiladigan kredit mablag‘larining 50 foizigacha bo‘lgan qismi qarz oluvchi talabiga asosan naqd pulda taqdim etiladi.

Shuningdek, qaror bilan O‘zbekistonda 2022-2023-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan maydonlar kamida 300 ming gektarga yetkazish belgilandi.

Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun mo‘ljallangan yerlarga ekinlarni joylashtirish Bog‘dorchilik agentligi tomonidan belgilab beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring