Denovda 16 qavatli uylar foydalanishga topshirildi (foto)
Surxondaryoda yer silkinish holatlari ko‘p takrorlangani bois bir paytlar 3-4 qavatdan baland bo‘lmagan binolar qurilishigagina ruxsat berilgan bo‘lsa, ayni paytga kelib viloyatda osmono‘par imoratlar qad rostlamoqda.
Xususan, Denov tumanidagi «Lochin» mahallasida 384 ta xonadonga mo‘ljallangan to‘rtta 16 qavatli uy-joy foydalanishga topshirildi.
Massivda joriy yilda yana 450 xonadonga mo‘ljallangan sakkizta 7, 9, 12 va 14 qavatli zamonaviy uy-joylar qurilib, foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, tumandagi «Nurli manzil» mahallasida qad rostlayotgan 180 xonadonli 6 ta besh qavatli turar-joy binosida so‘nggi qurilish ishlar yakunlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter