Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Depressiya semirishga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi

Depressiya semirishga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi

Kork universiteti kolleji olimlari depressiya alomatlari kuzatilgan o‘rta va keksa odamlarda semirish xavfini aniqlashdi. Bundan tashqari, u boshqa kasalliklarga va turmush tarziga bog‘liq emas.

Tadqiqotchilar 1800 dan ortiq katta yoshli ko‘ngillilarining sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, tana massasi indeksini ruhiy salomatlik ko‘rsatkichlari bilan solishtirishgan.

Ishtirokchilarning yoshi 46 yoshdan 73 yoshgachani tashkil etdi. Barcha ko‘ngillilar o‘zlarining tibbiy ma’lumotlariga kirishga ruxsat berishdi va gemoglobin va glyukoza darajasini tekshirish uchun testdan o‘tishdan oldin bir kecha ovqat iste’mol qilmadilar. 

Mutaxassislar aqliy holatdagi o‘zgarishlar erkaklarga qaraganda ayollarda tez-tez kuzatiladi degan xulosaga kelishdi. Semirib ketgan keksa odamlarda ruhiy salomatlikning yomonlashishi ham ijtimoiy, ham jismoniy omillar bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi. Bularga noto‘g‘ri qarash va kamsitish kiradi. 

Plos One jurnalida chop etilgan materialga ko‘ra, semirish salomatlik muammolariga – bel va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar va yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi ta’kidlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring