Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat va senatorlarning so‘rovi bundan buyon Bosh vazir huzurida muhokama qilinadi

Deputat va senatorlarning so‘rovi bundan buyon Bosh vazir huzurida muhokama qilinadi

Bundan buyon deputat va senatorlarning Vazirlar Mahkamasi, davlat organlariga yuboradigan so‘rovlari tizimli ravishda Bosh vazir huzurida muhokama qilinib, so‘rovda qo‘yilgan masalalarni hal etish choralarini ko‘rish ustuvor masala sifatida ko‘riladi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Yaqinda Bosh vazir ishtirokida xuddi shunday muhokama tashkil etilib, deputat va senator so‘rovlariga yetarli darajada e’tibor qilmagan mansabdorlarga choralar ko‘rilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda deputat va senator so‘rovlarini alohida ro‘yxatga olish va yuritish tizimi yo‘lga qo‘yilibdi hamda so‘rovlarga javob birinchi rahbar tomonidan imzolanishi belgilanibdi. Bu haqda Qonunchilik palatasining bugungi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Mana buni hukumat tomonidan xalq vakillarining so‘roviga e’tibor masalasidagi yaxshi progress,  desa bo‘ladi.

Bunday yondoshuv ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun ham namuna bo‘lsa ajabmas, degan umid uyg‘onayapti negadir, deb yozadi deputat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring