Deputatlar reytingi. Ijtimoiy tarmoqda kim qanchalik faol?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 12-iyul kuni siyosiy partiyalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazib, unda senatorlar va deputatlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochishlari kerakligini ta’kidlagan edi.
«Parlament faoliyatiga oid kamchiliklarga ayrim deputat va senatorlar o‘z vazifasini to‘g‘ri anglab yetmagani ham sabab bo‘lmoqda. Buni ochiq tan olishimiz kerak. Shunday parlament vakillari borki, o‘tgan qariyb ikki yarim yil mobaynida muhokama etilayotgan qonun loyihalari va masalalar bo‘yicha biron marta ma’ruza qilmagan, ularga munosabat bildirmagan, ular faqatgina ko‘r-ko‘rona ovoz berish bilan shug‘ullanadi. Afsuski, bu – achchiq haqiqat. Deputat va senatorlar o‘z faoliyati haqida saylovchilarni xabardor etib borish uchun internetda, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochib, zarur ma’lumotlarni kiritib borishlari lozim. Dunyodagi ko‘pgina mamlakatlar allaqachon shu tizimga o‘tgan», degan edi Prezident.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda faollik ko‘rsatayotgan deputatlar bilan tanishamiz. Ularni bilmaganlar tanib olsin. Reytingni tuzishda sahifa qachon ochilgani, ommabopligi va faolligi hisobga olindi (2017-yil 1-dekabr holatiga).
1. Xodjiyev Ibroxim Ikramovich, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi
Feysbuk – deputatlar orasida eng yosh bo‘lishiga qaramasdan, o‘z shaxsiy profili va rasmiy sahifasi orqali virtual olamda ancha faol. Sahifasi ham ommabopligi bilan ajralib turadi.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
2. Kusherbayev Rasul Xidraliyevich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – shaxsiy profili va rasmiy sahifasiga ega, ancha faol deputatlardan hisoblanadi.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
3. Jamoldinova Odinaxon Rasulovna, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – o‘z shaxsiy profili va rasmiy sahifasiga ega, ijtimoiy tarmoqning eng faol deputatlaridan.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
4. Shukurov Elbek Xabibullayevich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – shaxsiy profili orqali eng faol deputatlar qatorida tilga olinadi. Rasmiy sahifasi esa ancha ommalashgani bilan barcha deputatlarni ortda qoldiradi, lekin avgust oyidan beri post joylanmagani ko‘ngilni xira qiladi.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
5. Tulyakov Eldor Sobirjonovich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – rasmiy sahifasi orqali ancha faol bu deputat laykerlari va folloverlari soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
6. Umarov Nariman Madjitovich, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – yaqqol ajralib turadigan rasmiy sahifaga ega, ammo eng passivlar qatoridan joy olgan. Prezident saylovidan keyin sahifa deyarli to‘xtab qolgan.
Tvitter – ushbu tarmoqda akkauntiga ega kam sonli deputatlarimizdan, saylov-2016 bahonasida mazkur sahifa dunyo yuzini ko‘rgan va shu bo‘yicha qolib ketgan.
Telegram – yo‘q.
7. Umaraliyev Akmal Akbaraliyevich, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining fraksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi.
Feysbuk – o‘z shaxsiy profili orqali ancha faol. Avgust oyida ochilgan rasmiy sahifasi esa hozirda biroz huvillab qolgan.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
8. Xaniyazov Zafar Bazarbayevich, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – ijtimoiy tarmoqda o‘z shaxsiy profili va rasmiy sahifasiga ega. Profilida qanchalik faol bo‘lsa, avgust oyida ochilgan sahifasida shunchalik passiv.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
9. Sulaymonov Umidjon Qurbonovich, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – o‘z shaxsiy profilida ancha faollik ko‘rsatgan mazkur deputatimiz rasmiy sahifaga kelganda oqsab qolgan. Sahifa ochilganidan (avgust oyida) keyin postlar kiritilmagan.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
10. Abdijamilov Joldasbay Zinatdinovich, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – ijtimoiy tarmoqdagi eng faol deputatlardan biri deyish mumkin. Hozircha shaxsiy profiliga ega, rasmiy sahifa ochmagan.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
11. Kobilov Rustam Rajabboyevich, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – shaxsiy profiliga ega eng faol deputatlardan, faqat rasmiy sahifasi yo‘q.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
12. Kadirov Alisher Keldiyevich, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – shaxsiy profiliga va rasmiy sahifasiga ega, nisbatan faol deputatlar sirasiga kiradi.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – messenjerda rasmiy kanaliga ega yagona deputat.
13. Umirov Abdug‘ani Ergashevich, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – avgust oyida ochilgan shaxsiy profili orqali, o‘zgalardan farqli o‘laroq, qonunchilikka oid postlari bilan ajralib turadi. Rasmiy sahifasi mavjud emas.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
14. Karimov To‘lkinjon Payziyevich, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – tarmoqda o‘z shaxsiy profiliga ega nisbatan faol deputatlardan deyish mumkin, rasmiy sahifasi yo‘q.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
15. Pirmatov Jamshid Azimovich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – o‘z shaxsiy profiliga ega va ancha faol deputatlar qatoriga kiradi. Lekin rasmiy sahifasiga ega emas.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
16. Sharafutdinov Shuxrat Xursanovich, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining fraksiyasi.
Feysbuk – o‘z shaxsiy profili tufayli nisbatan faol deputatlar sirasiga kiradi. Lekin rasmiy sahifaga ega emas.
Tvitter – yo‘q.
Telegram – yo‘q.
Bu hali hammasi emas. Deputatlar mavzusiga tez orada yana qaytamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter