Dilshod Ahmedov «O‘zmetkombinat» raisi etib tayinlandi
Axmedov Dilshod Tursunqulovich «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi.
Dilshod Axmedov bunga qadar investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U mazkur lavozimga 2024-yil yanvarda tayinlangandi.
2021-2024-yillarda «O‘zmetkombinat» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari — ijrochi direktor lavozimida ishlab kelgan.
Dilshod Axmedov (1972-yilda tug‘ilgan) — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi. Moskvadagi «Skolkovo» boshqaruv maktabida o‘qigan. O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sanoat korxonalari aktivlarini boshqarish tajribasiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter