Diqqat. Tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan xabar qilinishicha, 2020 yilning 8-10 iyun kunlari yurtimizning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
FVV tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholini ehtiyot choralarini ko‘rishni, noxush holatlar yuzaga kelganda, FVVning 1050 raqamiga murojaat qilishni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda sel tufayli yurtimizda fojeali holatlar ro‘y berdi. May oyining boshida Jizzax viloyati Zomin tumanida opa-uka selda oqib ketib, vafot etgani xabar qilingan edi. Oradan bir necha kun o‘tgach, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 10 yoshli qizcha sel qurboniga aylangan.
Xabar.uz tahririyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizdan yuqori darajada e’tiborli bo‘lishlarini so‘raydi. O‘zingiz va farzandlaringizni ehtiyot qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter