Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Doktor, davolamasangiz ham mayli...» Shifokor yozgan tashxisni siz o‘qiy oldingizmi?

«Doktor, davolamasangiz ham mayli...» Shifokor yozgan tashxisni siz o‘qiy oldingizmi?

Foto: facebook.com

«Facebook» foydalanuvchilaridan biri Oltiariq tuman poliklinikasida shifokor tomonidan yozilgan tashxis nusxasini e’lon qildi. Yozuvni o‘qishning deyarli imkoni yo‘q, qolaversa, muammo faqat bunda ham emas...

— Bu postni yozaymi, yozmaymi deb ko‘p o‘ylandim, — deydi Saida Ibodinova ismli foydalanuvchi. — Lekin yozishga qaror qildim. Oyligini oshirishni, imtiyozlarini ko‘paytirishni talab qilayotgan ayrim shifokorlarga e’tirozim bor. 20 daqiqa, boringki 10 daqiqa oldin tushlikka chiqib, yana shuncha vaqt kech qolib kelib, davlatdan oylik olishga haqqingiz bormi?

Hamshirangizdan «tushlik vaqti nechchidan nechchigacha, yosh bola bilan turibmiz, bola kichkina, sabr qilishni bilmaydi» desak, tilidan zahar tomishiga haqqi bormi? Yoki bizning hamshirangizdan oddiy ma’lumotlarni so‘rab olishga haqqimiz yo‘qmi?

Siz keldingiz. Tushlikdan keliboq dag‘dag‘a bilan kirishga buyurdingiz. Ammo ko‘zimni tekshirib ham qo‘ymasdan daftarga bir narsalarni yozdingiz. Daftarga nima yozganingizni faqat iyeroglifchilar o‘qiy olsa kerak. Men nima uchun shuncha kutganimni tushunmadim.

Oltiariq tuman poliklinikasida tozalik — nol, xizmat — nol, muomala — nol.

Ma’lumot uchun, men ko‘z shifokoriga bordim. Ammo oftalmologmi, okulistmi bilolmadim. Yozilmabdi. Ish vaqti, tushlik vaqti yozilmagan. Xona tepasiga ilinmagan. Hech qayerda bu haqida ma’lumot qo‘yilmagan. Dilim og‘ridi.

Menku o‘z haqqimni bilaman. Juda ko‘zim ko‘r bo‘lib qolmasin desam, xususiy shifoxonaga boraman. Lekin shu yerning aholisichi?

Mayli, endi boshqa kelmasligim aniq. Nima bo‘lsa ham. Xullas yuqoridagi shifokor tashxisini (o‘zim lekin aniq bilmayman nimaligini, tashxismi yo boshqa narsami u) o‘qiy olsangiz o‘qib bering! Iltimos! Nima deb yozilgan? — deb yozadi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring