Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Doniyor Toshxo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi

Doniyor Toshxo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi

Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Toshxo‘jayev 2019-yil yanvariga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2019-yil yanvar oyidan iyun oyigacha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2019-yil iyun oyidan IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2020-yil yanvar oyida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan va 2022-yil fevralida ishdan olingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring