Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan korxonalar qator imtiyozlarga ega bo‘ldi

Dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan korxonalar qator imtiyozlarga ega bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eksportbop dorivor o‘simliklarni yetishtirishni kengaytirish maqsadida bu sohaga kooperatsiya va oilaviy tadbirkorlik uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va moliyalashtirish tartiblari tatbiq etiladi. Prezident huzurida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda bu haqda ma’lum qilindi.

Moliya vazirligiga aholi tomorqasi uchun quduq qazishga qo‘shimcha 50 milliard so‘m ajratish topshirildi. Joriy yilda za’faron plantatsiyalarini kamida 5 baravarga ko‘paytirish choralari ko‘riladi.

Endilikda dorivor o‘simliklarni qayta ishlaydigan korxonalar:

  • 2025-yil 1-yanvarga qadar uskuna va ehtiyot qismlar, xomashyo importida bojxona bojidan ozod qilinadi;
  • tayyor mahsulotlar eksporti uchun transport xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi;
  • har 10 gektar plantatsiyalarga suv chiqarish uchun 600 ming so‘mdan subsidiya ajratiladi;
  • dorivor o‘simliklar plantatsiyalariga boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangi loyihalarni boshlashga va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 100 mlrd. so‘m ajratiladi.

Yig‘ilish yakunida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring