Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dorixonalarda kuchli ta’sir qiluvchi tabletka sotgan shaxslar qo‘lga olindi

Dorixonalarda kuchli ta’sir qiluvchi tabletka sotgan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: IIBB

29-sentyabr kuni Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti va IIV vakillari bilan hamkorlikda bir qator dorixonalarni tekshirishdi.

Dorixonalardan birida 24 yoshli Javohir Ye. tomonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq fakt aniqlandi. Tekshiruv davomida 957 ta «Zardeks» tabletkasi va 28 ta «Regapen» tabletkalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Boshqa bir dorixonada 30 yoshli Sanjar N. dori vositalarining qonunga xilof savdosini amalga oshirgan. Tekshiruv natijasida dorixonadan 78 ta «Zardeks» tabletkalari, 6 ta «Selofen», 4 ta «Regapen» va bir flakon «Tropikamid» topilib, olib qo‘yildi.

Bu kabi faktlar Chilonzor tumani 18-kvartalida joylashgan dorixonada ham aniqlandi. 27 yoshli Javlonbek Yu. kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotishi ma’lum bo‘ldi. Ashyoviy dalil sifatida 7 ta «Regapen», 28 ta «Zardeks», 5 ta «Selofen» va 3 flakon «Tropikamid» olib qo‘yildi.

Ushbu tumanda yana bir shunga o‘xshash fakt aniqlandi. 35 yoshli To‘rabek I. dori vositalarini qonunga xilof tarzda sotganlikda gumonlanmoqda. Dorixonadan 17 tabletka «Regapen», 50 tabletka «Karbamazepin», 1 flakon «Tropikamid» va bitta «Selofen» tabletkasi topildi.

Chilonzor tumani 8-kvartalda joylashgan dorixonada ham 21 yoshli Sardor X. va 30 yoshli Iqboljon N.lar dori vositalarining qonunga xilof savdosi bilan shug‘ullanganliklari aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida 45 ta «Zardeks» tabletkalari, 14 ta «Regapen», 5 ta «Selofen» tabletkalari va bir flakon «Tropikamid» olib qo‘yildi.

Yuqoridagi faktlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi («Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli tasir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish») bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring