Do‘stlik tumaniga kirish va chiqish to‘xtatildi
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumaniga 30-iyun soat 00:01 dan boshlab kirish va chiqish to‘xtatildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Cheklovga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Bu bo‘yicha viloyat va tuman hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter