Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo bo‘yicha eng uzun va eng qisqa ro‘za tutayotgan mamlakatlar ma’lum qilindi

Dunyo bo‘yicha eng uzun va eng qisqa ro‘za tutayotgan mamlakatlar ma’lum qilindi

Foto: «CNN»

Mutaxassislar sayyoramiz bo‘yicha eng uzun va eng qisqa ro‘za soatlarini hisoblab chiqdilar.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilgi Ramazon oyida Nuuk (Grenlandiya), Oslo (Norvegiya), Helsinki (Finlandiya) kabi shaharlarda eng uzun ro‘za vaqti qayd etilmoqda. Ushbu shaharlarda istiqomat qiluvchi musulmonlar sutkaning 20 soati davomida ro‘zador bo‘ladilar.

Umuman, Shimoliy hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ro‘za vaqti xiyla uzoq davom etishini kuzatish mumkin: Stogholm (Shvetsiya) – 19 soat, London (Buyuk Britaniya) – 18,5 soat,  Bryussel (Belgiya) – 18 soat, Parij (Fransiya) – 17 soat. 

Qo‘shni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda ham ro‘za vaqti 18,5 soatni tashkil etadi. Islom beshigi bo‘lmish Saudiya Arabistonida esa bu yil ro‘za vaqti 15 soatga to‘g‘ri kelmoqda.

Yer sharining janubiy hududlarida joylashgan Lotin Amerikasi davlatlarida eng qisqa ro‘za soatlari kuzatilmoqda. Masalan, Argentina va Chili mamlakatlarida sutkalik ro‘za vaqti 11,5 soatni tashkil etadi. Avstraliya hamda unga yondosh Yangi Zelandiyada ham shu holatni kuzatish mumkin.

O‘zbekistonda esa bu yil ro‘za tutish vaqti 17 soatdan ko‘proqni tashkil etmoqda.

Ro‘za vaqtini hisoblashda mamlakatning jug‘rofiy joylashuvi va yil fasli hisobga olinadi.

Albatta, Ramazon ro‘zasi soatlari qay bir mamlakatda uzunroq, qay bir o‘lkada qisqaroq bo‘lishi mumkin. Muhimi, islom ulamolari tavsiyasiga ko‘ra, ro‘zador qancha ko‘p mashaqqat cheksa, shuncha ko‘p savobga noyil bo‘ladi. Qolaversa, chin ixlosli mo‘min uchun vaqtning uzun-qisqaligi u qadar ahamiyatga ham ega emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring