Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX 22 kilogrammdan oshiq giyohvand moddalarini musodara qildi

DXX 22 kilogrammdan oshiq giyohvand moddalarini musodara qildi

Videodan kadr.

22 kgdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan – Denov tumanida yashovchi, 1987 y.t., muqaddam sudlangan shaxsning yonida 9 kg “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositasi kelgusida sotish maqsadida tojikistonlik narkokur’yerlar tomonidan yetkazib berilganligi ma’lum bo‘ldi.

Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida Farg‘ona viloyatida ham tezkor tadbir o‘tkazildi. Jumladan, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1994 va 1988 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ketayotgan avtotransport vositasi shahar hududida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilganda, ularning yonida 5 kg 862 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan ushbu giyohvandlik vositasini har bir kg.ni 89 mln. so‘mdan kelishgan holda sotib olmoqchi bo‘lgan vaqtida – Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumanida narkosavdogardan olib, mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan keltirgan jinoiy guruh yetakchisi - So‘x tumanida yashovchi, 1987 y.t. shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida yashovchi, 1992 y.t., muqaddam sudlangan shaxs 3 kg 950 gr “gashish” moddasini xaridorga 38 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, u bilan birga kelgan, jinoiy sherigi – Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 2000 y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 1992 y.t. shaxsning Farg‘ona tumanidagi yashash xonadonidan muqaddam Qirg‘iz Respublikasidan keltirilgan 868 gr “gashish” moddasi ham olindi.

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1969 y.t. mahalliy fuqaro va uning Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t. jinoiy sherigi o‘zaro kelishgan holda, Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 1 kg 962 gr “opiy” moddasini xaridorga 200 mln so‘mga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmalari hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1988 y.t. hamda Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi, 1969 y.t. muqaddam sudlangan ikki nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan 943 gr “opiy” moddasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 22 kg 585 gr giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring