DXX Qoraqalpog‘istonda hokim o‘rinbosarini ushladi

DXX hokim o‘rinbosari hamda agentlik va inspeksiya xodimlarini qo‘lga oldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hokimining o‘rinbosari Taxiatosh tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan MChJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 12 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Namangan viloyatida qayd etilgan holatda, Kosonsoy tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari mazkur xo‘jalikning 24 gektar yer maydonini mansabdor tanishi orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 240 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi” davlat muassasasining Kosonsoy tuman loyiha ofisi bosh mutaxassisi yuqoridagi yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa holatda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs Andijon tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari tomonidan 6 sotix yer maydoniga noqonuniy qurilgan bino va inshootlar bo‘yicha hisoblanishi kerak bo‘lgan zararni kamaytirib xulosa berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter