Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

19–21 iyun kunlari O‘zbekiston poytaxti yashil innovatsiyalar markaziga aylanadi: Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor «Eco Expo Central Asia 2025» ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu shunchaki ko‘rgazma emas – barqaror kelajak yo‘lida global ekologik hamjamiyat, sanoat, davlat va xususiy tuzilmalarni birlashtiradigan harakatdir.
«Eco Expo Central Asia 2025» ko‘rgazmasi ilg‘or ekologik texnologiyalar, amaliyot va yechimlar almashish uchun mintaqadagi birinchi ixtisoslashtirilgan platformadir. Bu yerda hamma narsa namoyish etiladi: ekologiyadagi sun’iy intellektdan tortib suvni tejash yechimlarigacha, yashil energiyadan ekoturizmgacha. Markaziy Osiyoda ilk bor Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa 25 dan ortiq davlatdan eksponentlar ishtirok etadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan e’lon qilingan «Atrof-muhitni asrash va »yashil iqtisodiyot» yili doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda. Bu mamlakatimizning ekologiya sohasidagi milliy va xalqaro faolligi oshib borayotgani, ekologik islohotlar kuchaytirilayotgani va dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlik mustahkamlanayotganidan dalolatdir.
Ko‘rgazma ishtirokchilari uchun Eco Expo nafaqat o‘zlarining yashil tashabbuslarini namoyish etish, balki yangi bozorlarga chiqish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ekologik innovatsiyalardan ilhom olish va global ekologik tendensiyaning bir qismiga aylanish imkoniyatidir. Bu yerda biznes uchrashuvlari, taqdimotlar, ekspertlar panellari, shuningdek, startaplar va ekologik loyihalar taqdimotlari bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning yashil tashabbuslar ilgari surilayotgan hududlari, barqaror amaliyotni faol joriy etayotgan vazirlik va idoralar, ekologik fikrlashni o‘rgatuvchi sanoat ta’lim muassasalari, ekomarshrutlarni taklif etuvchi turistik joylar va boshqalar namoyish etiladi. Quyidagi bo‘limlarga alohida e’tibor qaratilmoqda: yashil shaharlar, toza texnologiyalar (clean-tech), ekomoliya, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shuningdek, yashil transport va obodonlashtirish.
Asosiy ko‘rgazmadan tashqari mehmonlarni ekspertlar va soha yetakchilarining taqdimotlari, mamlakatning tabiiy merosiga bag‘ishlangan videotanlov va fotoko‘rgazma, O‘zbekiston ekologiyasi haqidagi hujjatli film namoyishi, tabiat va inson uyg‘unligini aks ettiruvchi badiiy ko‘rgazmalar kutmoqda.
«Eco Expo Central Asia 2025» — Markaziy Osiyodagi eng muhim ekologik tadbirning bir qismiga aylanish uchun noyob imkoniyatdir. Uch kun davomida ko‘rgazma mintaqaning ekologik kun tartibini o‘zgartirishga, barqaror va ekologik toza texnologiyalar sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochishga imkon beradigan platformaga aylanadi.
https://ecoexpo.uz/ havolasi orqali stendni oldindan band qilib, ekoko‘rgazma ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter