Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’lon! «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlari diqqatiga!

E’lon! «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlari diqqatiga!

Foto: «Xabar.uz»

«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashi Sizga shuni ma’lum qiladiki, 2020-yil 29-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish Agentligi tomonidan «ALSKOM» SK AJning qo‘shimcha 3 630 000 dona oddiy aksiyalarni chiqarishi to‘g‘risida P0170-16-sonli qarori ro‘yxatdan o‘tkazildi. Har bir aksiyaning nominal qiymati 1 380 so‘m.

Kompaniya Ustavi va ro‘yxatga olingan qarorga muvofiq, «ALSKOM» SK AJning oddiy (ovozli) aksiyalar egalari, ular egalik qiladigan oddiy aksiyalar soniga mutanosib ravishda oddiy (ovozli) aksiyalarni sotib olishda ustunligiga egadirlar. Qo‘shimcha aksiyalarni sotib olish imtiyozli huquqi 2020 yil 12 avgust holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan «ALSKOM» SK AJning oddiy (ovozli) aksiyalarining egalari — aksiyadorlariga beriladi.

Imtiyozli huquq ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab, 14 kun davomida amal qiladi.

«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashining 2020-yil 3-sentyabrdagi qaroriga asosan, aksiyalarni joylashtirish narxi bir dona aksiya uchun 1400 so‘m miqdorida belgilangan.

«ALSKOM» SK AJga aksiyadorning ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan manzili), u olmoqchi bo‘lgan aksiyalar soni va to‘lov haqida hujjatni o‘z ichiga olgan yozma ariza yuborish orqali imtiyozli huquqga ega bo‘lgan aksiya egasi o‘z huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirish huquqiga ega. Bunday ariza «ALSKOM» SK AJ tomonidan imtiyozli huquq amal qilish davomida topshirilishi lozim.

Imtiyozli huquqni boshqa shaxsga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Imtiyozli huquq muddati tugagach, aksiyalar cheksiz miqdordagi investorlar orasida ochiq obuna orqali joylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish Agentligida 2020-yil 29-avgustda ro‘yxatga olingan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi P0170-16-sonli Qarorning matni va «ALSKOM» SK AJ aksiyalarining chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan «ALSKOM» SK AJning korporativ veb-saytida (www.alskom.uz), Yagona korporativ ma’lumot portalida (www.openinfo.uz) yoki Respublika fond birjasi «Toshkent» (www.uzse.uz) veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha «ALSKOM» SK AJning Bosh ofisiga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100084, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 109, info@alskom.uz.

Murojaat uchun telefon: (78) 147-11-00.

«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring