E’lon! «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi
«ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: info@alskom.uz, veb-sayt: www.alskom.uz) «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati 2019-yil 26-iyun soat 10:00da Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzilda joylashgan «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati bosh ofisi binosida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishni ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00da boshlanadi.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), shuningdek aksiyador – jismoniy shaxs vakili notarial tasdiqlangan ishonchnoma, aksiyador – yuridik shaxs vakili o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim.
Yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2019-yil 04-iyun.
O‘tkazilayotgan yillik umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2019-yil 20-iyun.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash.
- 2018-yil faoliyat yakuni bo‘yicha kompaniya Kuzatuv kengashi raisining hisoboti.
- Kompaniyaning 2018-yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari va 2019-yilga kompaniya biznes-rejasi parametrlari to‘g‘risida Bosh direktor hisoboti.
- Kompaniyaning 2018-yil moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi natijalari to‘g‘risida Taftish komissiyasi hisoboti.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Kompaniyaning 2018-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvi natijalari haqida mustaqil auditor xulosasi.
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan Kompaniyaning 2018-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotini xalqaro audit standartlariga muvofiq mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalari haqida hisobot-xulosasi.
- 2018-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash.
- 2018-yil faoliyat yakuni bo‘yicha Kompaniyadagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
- 2018-yil uchun Kompaniya sof foydasi taqsimotini tasdiqlash.
- Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash.
- Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash.
- Kompaniyaning 2019-yil moliya-xo‘jalik faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini aniqlash va uning xizmatlariga haq to‘lashning chegaraviy miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
- Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
- Kompaniya e’lon qilgan aksiyalar hajmini oshirish va ularning chegaraviy miqdorini aniqlash.
- Kompaniya Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va Kompaniya Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
- Kompaniyaning «Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.
- Kompaniyaning «Kuzatuv kengashi to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.
- Kompaniyaning «Taftish komissiyasi to‘g‘risida»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.
- Kompaniyaning «Ijro organi to‘g‘risidagi»gi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.
- Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan bitimlarni ma’qullash masalasini ko‘rib chiqish.
- Kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yirik bitimlarni tuzish masalasini ko‘rib chiqish hamda ma’qullash.
- Xayriya (homiylik) yoki beg‘araz yordamning chegaraviy miqdorlarini belgilash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan materiallar bilan kompaniyaning Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzilida joylashgan ma’muriy binosi hamda www.alskom.uz korporativ veb-saytida tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (78) 147-11-00.
«ALSKOM» SK AJ Kuzatuv Kengashi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter