Endi bolalar bog‘chalarida tok va gaz uzilmaydi

Maktabgacha ta’lim muassasasi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi «Norma» axborot-huquqiy portali.
Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mutasno) investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan «nol» qiymatda bino berish hamda xususiy investorlarning o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 2023-yil 1-yanvargacha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun to‘lovning 50 foizi o‘z mablag‘lari hisobidan hamda qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasasi zaruratdan kelib chiqib, oylik kompensatsiya to‘lovini olish uchun tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat moliya bosh boshqarmasiga ariza berib murojaat qiladi.
Moliya organi ta’lim muassasasining arizasini ariza tushgan kundan boshlab, uch ish kuni mobaynida, oylik kompensatsiyani to‘lash yoki arizani rad etish bo‘yicha qarorni esa ikki ish kunidan kechiktirmagan holda ta’lim muasasasiga xabar qilishi shart.
Kompensatsiya to‘lovi summasi to‘lanishi lozim bo‘lgan hisobot oyidan boshlab, 12 oy davomida to‘lab berilishi mumkin, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter