Endi FHDYo ma’lumotlarini qayd etish uchun doimiy yashash joyiga borish shart emas
Davlat xizmatlari agentliklarida jismoniy shaxslarga fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (FHDYo) haqidagi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa) ma’lumotnomalarni berish yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent shahriga boshqa hududlardan kelib yashayotgan shaxslar yuqoridagi ma’lumotlarni olish uchun doimiy ro‘yxatda turgan hududlariga bormasdan Toshkent shahridagi istalgan Davlat xizmatlari markazlari orqali olishi mumkin. Bu boshqa joylarga ham tegishli.
Davlat xizmatlari agentligi xizmatlaridan foydalanish uchun markaz xodimi murojaatchi nomidan so‘rovnoma to‘ldiradi va so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi;
- ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusxasi;
- ariza beruvchining marhumga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlari;
- ariza beruvchi vasiyatnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda — vasiyatnoma;
- marhumning o‘limi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinadi.
Qarorga ko‘ra, xizmat ko‘rsatganlik uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Eslatib o‘tamiz «Yagona elektron FHDYo arxivi» shakllantirilishi haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter