Endi Blogerlar chempionatiga video, audio va fotobloglarni ham yuborish mumkin
Avvalroq Blogerlar chempionatiga ijodiy ishlarni qabul qilish boshlangani, biroq hozircha chempionatda qatnashish istagida bo‘lganlar faqatgina matnli blogpostlarni yuborishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik. Chunki bugungacha chempionat nizomida qayd etilganidek, video, audio va fotobloglarni taqdim etish texnik jihatdan imkonsiz bo‘lib turgandi.
Va’da berganimizdek, video, audio va fotobloglarni ham platformaga joylash imkoni yaratildi. Buning uchun tunni tonglarga ulab mehnat qilgan jamoamizning texnik xodimlariga minnatdorlik bildiramiz!
Quyidagi skrinshotlarda Blogerlar chempionati o‘tkazilayotgan http://blog.xabar.uz/ platformasiga foto, video va audiobloglar qanday joylashtirilishi qadamba-qadam ko‘rsatilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter