Energetika vazirligi tizimida tayinlov amalga oshirildi

Alimuhamedov Aziz Husanovich O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.
A.Alimuhamedov bunga qadar Energetika vazirining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Energetika vaziri Alisher Sultonov to‘rt oy muqaddam kutilmaganda lavozimidan ozod etilgandi. Shundan buyon sohaga yangi rahbar tayinlangani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter