Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «eng og‘ir hudud — Qashqadaryo»

Shavkat Mirziyoyev: «eng og‘ir hudud — Qashqadaryo»

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha yig‘ilishda og‘ir hududlarga beriladigan yordam haqida gapirdi.

Bu «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi bilan bog‘liq vaziyat qoniqarli emas.

«41 ta mahallada umuman suv yo‘q, desak bo‘ladi. Shunday mahallalarda insonlar mingga yaqin vodovozlar bilan 100 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha suvni sotib olib, o‘z uyining oldidagi quduqqa to‘kib, 20 kun, bir oy vaqt davomida shundan foydalanyapti. Bu suvdan insonlar moliga ham, kir yuvishga ham ishlatyapti, o‘zi ham shundan iste’mol qilyapti», — deydi Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov.

Prezident Qashqadaryo viloyati hokimiga alohida guruh yuborishini aytib o‘tdi.

«Eng og‘ir hudud — Qashqadaryo, u yerga nima yordam kerak bo‘lsa beramiz», — deya qo‘shimcha qildi prezident.

Avvalroq, prezident avtomobilsozlikni tanqid qilib, «odamlar pul to‘lab mashina ololmayotgani»ni ta’kidlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring