Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yerfurushlik» bilan qaysi tizim xodimlari ko‘proq javobgarlikka tortilmoqda? Bosh prokuror ochiqladi

«Yerfurushlik» bilan qaysi tizim xodimlari ko‘proq javobgarlikka tortilmoqda? Bosh prokuror ochiqladi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bugun Bosh prokuraturada Yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lgani xabari berilgandi.

Mahkama matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, tanqidiy o‘tgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi ekin yerlarini ajratish va undan foydalanishda kuzatilayotgan ayrim kamchilik va nuqsonlar, sohadagi korrupsiya holatlari, ba’zi mutasaddilar sodir etayotgan qing‘ir ishlar sohadagi islohotlarga soya solayotgani alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda katta ma’ruza qilgan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev zaxiraga olingan yer maydonlarini ajratishning ochiq va shaffof tizimi hanuzgacha yo‘lga qo‘yilmaganligi, bu esa turli suiiste’molchiliklarga, ekin maydonlarining egasiz qolib, hatto yo‘qotilishiga olib kelayotganligini aniq misollar bilan ochiqladi. Unga ko‘ra, so‘nggi ikki yilda 56 ming gektar yer maydoni hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratib berilgan.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida respublika bo‘yicha 83 ta holatda 112 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer sifatida ajratib yuborilgan.

Keyingi ikki yilda yer sotish, talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 473 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 543 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu jinoyatlarning 71 tasini poraxo‘rlik, 354 tasini firibgarlik, 37 tasini soxtakorlik kabi qilmishlar tashkil etadi.

Bu davrda 295 nafar mansabdor shaxs yer qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, ularning 119 nafari yoki 40 foizi yer kadastri xodimlaridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring