Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimov: «Qorovul, farrosh, haydovchi… Ularni bayramlarda rag‘batlantirish ham esdan chiqib qoladi»

Erkinjon Turdimov: «Qorovul, farrosh, haydovchi… Ularni bayramlarda rag‘batlantirish ham esdan chiqib qoladi»

Foto: «Zarnews.uz»

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov jamoalarda qorovul, farrosh, haydovchi va boshqa texnik xodimlarga e’tibor yetarli emasligini ta’kidladi. Bu haqda «Zarnews.uz» xabar berdi.

«Barcha jamoada qorovul, farrosh, haydovchi va boshqa texnik xodimlar shtatlari bor. Garchi xizmati muhim bo‘lsa-da, ularga e’tibor yetarli emas. Maoshi juda kam bo‘lgani uchun bu kasb egalari idoraga nomigagina kelib ketadi, sidqidildan ishlamaydi. Ko‘p jamoalarda ularning munosib sharoitda ishlashi, dam olishi uchun imkoniyat yaratilmagan, ish qurollari, maxsus kiyim uchun mablag‘ ajratilmaydi. Bunday toifadagi kishilar bayramlar munosabati bilan rag‘batlantirishda ham esdan chiqib qoladi. Tashkilotlar rahbarlari, kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlari bu masalalarga yil boshida alohida e’tibor qaratib, jiddiy o‘ylab ko‘rsalar maqsadga muvofiq bo‘lardi», degan Erkinjon Turdimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring