Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobuslar qatnovi boshlanadi

Ertadan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobuslar qatnovi boshlanadi

Foto: Transport vazirligining axborot xizmati

2022-yilning 16-martidan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar qayta tiklanadi. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, shuningdek, Qozog‘iston orqali Rossiya va Qirg‘izistonga tranzit avtobus tashuvlarini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilyapti.

2022-yil 16-martdan tashuvchilar tomonidan Toshkent – Nursulton, Toshkent – Olmaota, Toshkent – Qizilo‘rda, Toshkent – Turkiston, Toshkent – Irgeli, Chirchiq – Chimkent, Chirchiq – Olmaota  yo‘nalishlarida qatnovlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilning 16-mart kuni to‘xtatilgan edi — roppa-rosa ikki yil avval.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring