Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga ayrim joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Ertaga ayrim joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometerologiya markazi 18-mart kuni O‘zbekisonda kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Toshkent. 
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14° iliq, kunduzi 20-22° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy. 
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 23-28° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax. 
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 23-28° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 21-26° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari.
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring