Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga Isroil va BAAdan charter reyslar tashkil etiladi

Ertaga Isroil va BAAdan charter reyslar tashkil etiladi

Foto: Xabar.uz

Ertaga, 16 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar haqida ma’lumot berildi.

Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent
Toshkent — Dubay — Toshkent

Parvozga fuqarolar konsullik muassasalari tomonidan ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Bugun Moskva — Toshkent hamda Istanbul — Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring