Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertaga janubda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

Ertaga janubda havo harorati 44 darajagacha ko‘tariladi

Illyustrativ foto

«O‘zgidromet», ertaga, 17-iyul kuni O‘zbekiston hududlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahri

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 38-40° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28°, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 30° gacha, kunduzi 38-43° bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 39-44° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring