Ertaga Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

3-sentyabr kuni soat 07:00dan 08:30gacha Toshkent shahrida Kurolli Kuchlar Akademiyasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida yugurish sporti bo‘yicha yarim marafon musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Ushbu marofon Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi bayrami munosabati bilan tashkil qilinmoqda.
Marafonda Qurolli Kuchlar akademiyasi shaxsiy tarkibi, harbiy pensionerlar va boshqa tashkilot hamda vazirliklardan kelgan mehmonlar ishtirok etadi. Shu sababli Toshkentning Kichik halqa yo‘lining bir qismi, Taraqqiyot, Mirzo Ulug‘bek va Parkent qo‘chalarining ayrim qismlarida harakat cheklanadi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter