Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda sport boshqarmasi bosh mutaxassisi qo‘lga olindi

Samarqandda sport boshqarmasi bosh mutaxassisi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda viloyat Sport boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.K. fuqaro Sh.R.ga «Eng yaxshi xizmatlari uchun» esdalik nishoni olib berishi hamda fuqaro N.B.ni tanishlari yordamida Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring