Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana o‘zgardi
O‘zbekistonda eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana o‘zgargan. Hukumat qarori bilan «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Xususan, kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan:
- 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha (oldin 2022 yil 31 martgacha edi);
- 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha (oldin 2022 yil 30 iyungacha edi);
- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha (oldin 2022 yil 30 sentyabrgacha edi);
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha (oldin 2022 yil 31 dekabrgacha edi.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter