Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirib beradigan markazlar uchtaga ko‘paydi

Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirib beradigan markazlar uchtaga ko‘paydi

Ilgari eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmati respublikamizning 17 ta Davlat xizmatlari markazlarida, qariyb barcha viloyatlarda ko‘rsatilgan edi.

Biroq, ayrim sabablarga ko‘ra Andijon va Xorazm viloyatlarida ushbu uskuna mavjud bo‘lmagan. Mazkur hududlar aholisi bu yerda ham Davlat xizmatlari markazlari orqali «prava» almashtirish xizmatini yo‘lga qo‘yish masalasida ko‘p marotaba DXAga murojaat qilgan edilar.

Endilikda mazkur xizmatni Andijon tumani, Xiva shahri va Qorako‘l tumani (Buxoro viloyati) Davlat xizmatlari markazlarida ham olish imkoni mavjud.

Eslatib o‘tamiz, karantin davrida Davlat xizmatlari markazlarida faqatgina kechiktirib bo‘lmaydigan xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Davlat xizmatlari agentligi aholiga o‘zlari va yaqinlarining sog‘ligini xavf ostiga qo‘ymasdan, xizmatlardan onlayn foydalanishni tavsiya qilgan.

Eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish xizmatidan Davlat xizmatlari markazlari orqali karantin yakuniga yetganidan so‘ng foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring